“POLY TEX SIRDARYO” MChJ Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanining xokimining 2019 yil 18 noyabrdagi 914- sonli karoriga asosan tashkil etilgan.
Yaratilgan infostrukturalar:
 - Logistika markazi
 - Yogʼ-moy korxonasi
 - Yoqilgʼi maxsulotlari bazasi
 - Mineral oʼgʼitlar bazasi
 - Paxta tozalash korxonasi
 -Ip-kalava fabrikasi.

Bugungi kunga kelib “Poli Tex Sirdaryo” paxta-toʼqimachiligi klasteri qisqa muddat ichida 500 milliard soʼmga yaqin investitsiya jalb qilindi. Natijada Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda eng zamonaviy logistika markazi, yogʼ-moy korxonasi, fermer xoʼjaliklariga hizmat qiluvchi yoqilgʼi va mineral oʼgʼitlar bazasi qurilib ishga tushirildi. Shu yilning dekabr oyiga qadar Germaniyaning eng ilgʼor korxonalaridan biri Trützschler GmbH & Co. KG kompaniyasi bilan birgalikda qurilgan ip-kalava korxonasi oʼz faoliyatini boshladi va 2000 dan ortiq yangi, doimiy ishchi oʼrni yaratildi. 
 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining koʼrsatmasi asosida bizning ham jamiyatimiz qoshida ilmiy tadqiqot markaz tashkil etildi. Ilmiy tadqiqot markazi Paxta selektsiyasi, Tuproqshunoslik, Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent agrar universiteti hamda Mikrobiologiya ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib boradi. Shu yilning oʼzida jamiyatimiz dalalarida rayonlashtirilgan 8 ta paxta navi xamda Innovatsiya vazirligi bilan hamkorlikda 46ta liniyalar ekilib tajribalar utkazildi. Bu esa bizga iqlim va tuproq sharoitiga mos paxtaning yangi navlarini yaratish va tanlab olish imkonini bermokda. Ilm-fanning soʼnggi yutuqlariga asoslangan 3 ta gidrometmarkaz ishga tushirildi. Biomahsulotlarni traktor va dronlar yordamida sepishni amaliyotda qoʼlladik. 1000 gektarga yaqin paxta maydonlarimizda tomchilatib sugʼorish ishlarini tashkil ettildi.