Jamiyat qishloq xoʼjaligi korxonalariga mineral oʼgʼitlar, kimyoviy preporatlar hamda yoqilgʼi moylash materiallarini saqlash va yetkazib berish bilan shugʼullanadi.

   Jamiyatda 40 000 tonna sigʼimga ega mineral oʼgʼitlarni zaxirasini yaratish va saqlashga iqtisoslashgan taʼminot bazasi, 200 tonna sigʼimga ega kimyoviy preporatlarni saqlashga moʼljallangan maxsus omborxona hamda 500 tonna sigʼimga ega neft maxsulotlarini saqlash bazasi mavjud.

   Jamiyat Respublikasmizda barcha mineral oʼgʼitlani ishlab chiqaruvchi ta`minot korxonalar bilan hamkorlik qiladi.

   Ish tartibi toʼlliq onlayn tartibda oʼtkaziladi.

   Qishloq xoʼjaligi maxsulotlarini yetishtirishda zarur boʼlgan mineral oʼgʼitlar, kimyoviy preparatlar va neft maxsulotlarini ekin maydonlariga toʼliq xajmda yetkazib berish tashkil etilgan. Yetkazib berish ishlari mineral oʼgʼitlani yetkazib berishga moʼljallanan 20 ta maxsus texnika va 10 ta koʼchma yoqilgʼi shaxobchalari yordamida amalga oshiriladi.