Sayxunobod tumani hokimining 2020 yil 22 apreldagi 440 sonli qaroriga asosan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonlaridan 812,2 gektar xaydov maydoni “Dah Poly Tex” fermer xoʼjaligiga paxta-gʼallachilik yoʼnalishida faoliyat koʼrsatish uchun ajratib berilgan.

     2021 yilga kelib bu maydonlar 4213,8 gektarga kengaytirildi. Shundan 2280 gektar maydoni 2021 yil paxta hosili uchun, 1500 gektar maydoni gʼalla, 433,8 gektar maydoniga boshqa turdagi qishloq xoʼjaligi ekinlarini ekish rejalashtirilgan.

     2021 yil paxta hosili uchun rejalashtirilgan maydonlarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish boʼyicha amaliy ishlar boshlangan boʼlib, bugungi kunda 350 gektar maydonni tomchilatib sugʼorish uchun suv tejovchi tarmoqlar oʼrnatildi va sugʼorish mavsumi boshlangunga qadar bu koʼrsatgichni 600 gektar maydonga yetkazish rejalashtirilgan.

     Suv tanqisligini inobatga olgan holda ochiq zovur va boshqa suv manbaalarida 9 ta nasos oʼrnatilgan va yana 8 ta nasos oʼrnatishni rejalashtirilgan. Ular quvvati bilan jami 5000 m³ ga yaqin suv olinib,2000 gektardan ortiqroq paxta maydonini sugʼorish imkoniyati mavjud boʼladi.

     Bugunga kelib ushbu fermer xoʼjaligida 170 nafar ish oʼrni yaratilgan.