Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 iyuldagi “Paxta toʼqimachilik ishlab chiqarishini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 397 sonli va tuman hokimligining 2021 yil 21 yanvardagi 97 sonli qaroriga asosan “Poly tex Sirdaryo” MChJ negizida Ilmiy Markaz tashkil etildi.
Ilmiy Markaz qoshida 13 ta selektsioner va agrotexnik olimlar, fermer va tajribali mutaxassislardan iborat Ilmiy –texnik kengash tuzildi.
Shuningdek Ilmiy Markazga Sulton, Buxoro-102 va 46 ta gʼoʼzaning yangi sinaydigan elita xoʼjaliklari tashkil etilib, 132 ga yuqori ball bonitetli yer maydonlari ajratildi va kelgusida Sayxunobod tumanining tuproq-iqlim sharoitiga mos va sanoatbop, bozorgir, yangi gʼoʼza navlari yaratiladi.
Kelgusida Sayxunobod tumanidagi fermer xoʼjaliklari gʼoʼzaning ertapishar, mashinabop, yuqori hosilli navlari bilan taʼminlanadi.