“Poly Tex Sirdaryo” paxta to‘qimachiligi klasteri birinchi paxta karvonini qabul qildi
Sayxunobod tumanida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom ashyosini yig‘ib-terib olish, yig‘im-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzaev, tuman sektor rahbarlari, SIU raislari, fermerlar hamda tegishli tashkilot rahbarlari qatnashdilar.
Paxta karvonini qabul qilish oldidan Qur'on tilovat qilindi va paxta xirmoniga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha dehqonlarga kuch-quvvat hamda barakali hosil tilab duolar qilindi.







