Ayni kunlarda butun mamlakatimizda Navro`ziy kayfiyat hukmron, bayram shukuhi hali hamon kezib yuribdi. Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘z taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Bizning tashkilotimizda ham 1 aprel kuni tongdan jamiyatimiz raxbari tashabbusi bilan doshqozonlarda sumalak qaynatildi.
Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga esh bo‘lgan tadbir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir. Bu galgi sayl ham an’analar bilan bir qatorda yangiliklarga boy o‘tdi.







