Innovatsiyalar- klasterlar hizmatida

Innovatsiyalar- klasterlar hizmatida

   "Paxta ilmiy-innovatsiya markazi" MCHJ mutaxassislari Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi "POLY TEX SIRDARYO" paxta-to‘qimachilik klasteri dalalarida "Agrokeep" kompaniyasi(Rossiya) tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy meteostansiyalarni o‘rnatdilar.

   Hammasi bo‘lib 3 ta "NERO"lokal meteostansiyalari va 3 ta statsionar "KAIPOMINI" meteostansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, ular atrof muhitni avtonom intellektual  monitoringi tizimi sifatida 14 ming 200 gektar maydondagi "POLY TEX SIRDARYO" klasteridagi qishloq xo‘jalik ekinlariga xizmat ko‘rsatadi.
Bu meteostansiyalar uzluksiz meteorologik o‘lchovlar o‘tkazish va yig‘ilgan ma’lumotlarni iste’molchilarga ma’lum ketma-ketlikda va yagona metodika bo‘yicha uzatish uchun standart asboblar bilan jihozlangan.
"KAIPOMINI" meteostansiyalarifaol temperaturalar summasi asosida dasturiy algoritmlar yordamida o‘simliklarda o‘z vaqtida profilaktik choralarni ko‘rish uchun kasallik va zararkunandalarni rivojlanish ehtimolini hisoblash, ularga qarshi dorilar sepish uchun tavsiyalar beradi,  ob-havoning agronomik prognozini tuzadi, o‘simlikning yillik samarali haroratini hisoblaydi. 
Ushbu meteostansiyalarining sensorlari atmosferadan tushgan turli yog‘inlarning parametrlarini, substratlarda va turli xil tuproqlarning ikki darajasida tuproqning namligi va haroratini, shuningdek havoning harorati va namligini, ma’lum vaqt oralig‘ida barglar yuzasidagi namlikning mavjudligini, havo oqimi tezligi va yo‘nalishini, atmosfera bosimini o‘lchaydi.
   "KAIPOMINI" meteostansiyalari 60-100 km radiusda, ma’lum bir zonaning tekis hududidaqulay veb-dastur orqalibutunlay avtonom rejimda,  quyosh panellaridan quvvatlanadigan 3,6 voltli batareykalar orqali ishlaydi. 

   “NERO” meteostansiyalari esa ob-havoning lokal agronomik prognozi uchun ishlatishga mo‘ljallangan. Ushbu meteostansiyalarhavo haroratini hamda tuproqning namligi va haroratini turli darajalarda(tegishlicha 10 va 35 sm dan to 20 va 100 sm gacha chuqurlikda) o‘lchaydi.

   "NERO" metesostansiyalarning diametri 40 mm, o‘lchash diapozoni - 40 gradusdan + 80 gradusgacha bo‘lib, og‘irligi 1496 grammni tashkil etadi. Ular ham 3,6 voltli batareykadaquyosh energiyasi panelidan quvvatlanib avtonom tarzda ishlaydi. Ushbu meteostansiyalarning datchiklaridan ma’lumotlar 60 sekundda 1 martadan olinib,6 soat davomida 5 minut intervalda serverga uzatilib turiladi vaunda 28 kungacha saqlanishi mumkin. Uzatish intervali hal etiladigan vazifaga qarab belgilanadi.
“Paxta ilmiy-innovatsiya markazi” republikamizning barcha viloyatlaridagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagiagrotexnologiyalarda qo‘llash uchun muhim omil bo‘layotgan ushbu meteostansiyalarni o‘rnatilishini tashkil etish uchun o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda.